Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o'ttiz birida

Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o\'ttiz birida

22 03:52 320 kbps 8.91 MB
Скачать
Скачать песню Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o'ttiz birida в MP3-формате и слушать её онлайн бесплатно.
Текст песни
Ishqim pinhon etmadim oshkor
Asrab keldim ko'nglim senida
Duch kelgandik sen bilan ilk bor
Dekabrning o'ttiz birida

O'sha kundan bu yurak hasta
Sog'inchlaru azoblar dasta
Ketgan eding so'z demay asta
Dekabrning o'ttiz birida

Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida

Ko'ngil derdi gulyuzidan o'p
Yorning sendek oshiqlari ko'p
Eslaysanmi qor yoqqandi xo'p
Dekabrning o'ttiz birida

Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida

Yillar o'tdi aytib alvido
Seni mendan aylablar judo
So'rasang jon etardim fido
Dekabrning o'ttiz birida

Sochimga oq qo'ngan payt mani
Yigirma yil sen yodlaysana
Ajib qismat uchrashdik yana
Dekabrning o'ttiz birida

Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida

Endi men yod sen menga birov
Ulg'ayganmiz sochimiz qirov
To'yib boqay hech qursa birrov
Dekabrning o'ttiz birida

Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida

Рекомендуем послушать

Комментарии

Пока нет комментариев