Скачать песню Феруза Юлдашева - Болам излаб тополмайсан изимни в MP3-формате и слушать её онлайн бесплатно.
Текст песни
Feruza Yuldasheva - Bolam izlab topolmaysan izimni

Ey do'stlar sira aytmay so'zimni
Aytmay desam tutolmayman o'zimni
Bolam ko'rgin xira ko'rgan ko'zimni
Bolam izlab topolmaysan o'zimni

Bolam dedim asramadim o'zimni
Alla aytib yummas edim ko'zimni
Qariganda ortiq sezdim o'zimni
Bolam izlab topolmaysan izimni

Endi o'ylab bosar bo'ldim yo'limni
Umid bilan boqdim o'g'il qizimni
Ko'rgin bolam ajin bosgan yuzimni
Bolam izlab topolmaysan o'zimni

Minnat qilma bolam bergan tuzingni
Behudaga yoshlamagin ko'zimni
Shu dunyoda xurmat qilgin o'zimni
Bolam izlab topolmaysan izimni

Yurakdagi dardim sira aytmayin
Bu dunyoni kimlargadir sotmayin
Ko'nglim g'amga botib botib ketmayin
Bolam izlab topolmaysan izimni

Ona degan ko'z tutadi bolaga
Har birini o'xshatadi lolaga
Oqil ersang hurmat qilgin onangni
Hunukmanmi go'zalmanmi onangman

Bog'imdagi olmamisan anorim
Gullar ichra rayhonimsan rahyonim
Duosida bolani der har bir jon
Kasalmanmi sog'lommanmi onangman

Men otamni diydoriga to'ymadim
Tirik turib onam ko'nglin olmadim
Alloh uchun zarra savob qilmadim
Egrimanmi tog'rimanmi onangman

Hammangizni bir ko'zimda ko'raman
Yuragimni taqsim qilib beraman
Ko'nglim g'ashlab qo'ysangiz gar yonaman
Qoramanmi oppoqmanmi onangman

Jon farzandlar parvoz qilmang havoga
Mehnatingiz minnat qilmang onaga
Haqqin doim ado qiling onani
Saxiymanmi baxilmanmi onangman

Рекомендуем послушать

Комментарии

Пока нет комментариев